Lukashenko talaba qizlar bilan raqsga tushdi (VIDEO)

Lukashenko talaba qizlar bilan raqsga tushdi (VIDEO)

Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko kecha bitiruvchi talabalar bilan raqsga tushdi. Davlat rahbari oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilarining bayramiga tashrif buyurdi va u yerda tadbirda so‘zlagan ukrainalik qo‘shiqchi Taisiya Povaliy bilan suhbatlashdi, deb xabar beradi TUT.by.

Bitiruvchilar bilan xayrlashar ekan, avgust oyida yangi saylovlarda qatnashadigan prezident o‘z orzusi haqida gapirdi. “Siz kabi go‘zal, aqlli, maqsadli yoshlarga qarab, bugun men faqat bitta narsani orzu qilaman. Siz ham, biz kabi bolalaringizga va nabiralaringizga mustaqil Belorusiyani qanday qurganingizni ayting", — dedi Lukashenko. Uning so‘zlariga ko‘ra, katta yoshdagi bitiruvchilar, shuningdek, yosh oila a’zolariga ularning otalari va onalari milliy boyliklarni saqlab qolgan va ko‘paytirganlari, jamiyatda tinchlik va hamjihatlikni saqlaganliklari, urf-odatlarni qadrlashlari va ota-bobolari bilan faxrlanishlari haqida ma’lumot berishlari kerak.

Kechki bayram ishtirokchilari Prezidentning raqsini ham suratga olishdi. Lukashenko nafaqat yangi xit taronalarga, balki Ukrainaning «Ti j mene pіdmanula» nomli xal qo‘shig‘iga raqsga tushdi.

Ma’lumot uchun, Lukashenko iqtisodiyotni tejash maqsadida karantin joriy etmadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!