Lukas Ernandes qamoqqa olindi

Lukas Ernandes qamoqqa olindi

Yakshanba kuni Fransiya milliy jamoasi safida Millatlar ligasida g‘olib bo‘lgan Lukas Ernandes 6 oylik qamoqqa hukm qilindi.

Gap shundaki, Ernandes «Atletiko»dagi faoliyati davomida 2017 yil Madridda qiz o‘rtog‘i Ameliya de la Osa Lorente bilan janjallashib, ko‘chada unga qo‘l ko‘targan edi. O‘shanda ish sudgacha yetib borib, Madrid sudi futbolchini 31 kunlik jamoat ishlariga jalb qilgan va Lukasning qizga 500 metr yaqin kelmasligi haqida hukm chiqargandi.

Ammo 2017 yilning o‘zidayoq juftlik yana yarashib, hatto Mayamida nikohdan ham o‘tgan. Ammo sud cheklovlari bekor qilinmagandi. Yozda ta’tilni AQShda o‘tkazib qaytgan juftlik Madrid aeroportiga qo‘ngach, futbolchiga nisbatan cheklovni buzish ayblovi e’lon qilindi. Ernandesning advokatlari 6 oylik qamoq jazosi bo‘yicha apellyasiya berib, jazoni almashtirish borasidagi ishni ko‘rib chiqishni so‘ragan. Ish 19 oktyabr kuni qayta ko‘riladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!