Lola Karimova birinchi xonimlar sharafiga o‘tkazilgan marosimda mukofotlandi

Lola Karimova birinchi xonimlar sharafiga o‘tkazilgan marosimda mukofotlandi

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning kenja qizi, “Sen yolg‘iz emassan” fondi hamda Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondi vasiylik kengashi raisi Lola Karimova-Tillyayeva “Fashion for development” tashkilotining mukofotiga mukofotiga sazovor bo‘ldi. Bu haqda uning o‘zi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali xabar berdi.

“Fashion for development” tashkilotining mukofotiga sazovor bo‘lishdan nihoyatda mamnunman. Taqdirlash marosimi Nyu-York shahrida o‘tkazilgan “birinchi xonimlar” rasmiy tadbirida bo‘lib o‘tdi”, deb yozadi Lola.

Ma’lumki, joriy yilning 24 sentyabr kuni BMT Bosh Assambleyasining 74-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda qatnashgan davlat rahbarlarining ko‘p qismi, Nyu-Yorkka rafiqalari bilan tashrif buyurgan. Shu munosabat bilan birinchi xonimlar sharafiga marosim tashkil etilgan. 

“Ushbu tadbir BMT Bosh Assambleyasining 74-sessiyasi haftaligida bo‘lib o‘tdi va unda dunyoning turli mamlakatlaridan tashrif buyurgan siyosiy arboblar, diplomatlar va moda sanoatining yetakchilari ishtirok etdilar. 

“Fashion for development” tashkilotining asosiy maqsadlaridan biri bu BMTning barqaror rivojlanish sohasidagi 17 maqsadlarni qo‘llab quvatlash va ilg‘or surish, sayyoramiz sog‘lig‘ini saqlashga qaratilgan barqaror turmush tarzini targ‘ib qilish, madaniy merosni asrash hamda ayol va bolalarni huquqlarini himoya etish va kengaytirish”, deb yozaadi Lola Karimova-Tillyayeva. 

Marosimga u turmush o‘rtog‘i Timur Tillyayev va qizi Maryam bilan tashrif buyurgan. 

Lola Karimova Tillyayeva 2 yildirki O‘zbekistonda yashamayapti. U otasining vafotidan so‘ng mamlakatni tark etdi. Karimova xonim ayni vaqtda oilasi bilan AQShda istiqomat qilib kelmoqda. U “The harmonist” brendiga asos solgani ma’lum.  


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!