Liz Trass: "Vladimir Putinning bosqinini to‘xtatish uchun Moldovaga qurol beramiz"

A A A
Liz Trass: "Vladimir Putinning bosqinini to‘xtatish uchun Moldovaga qurol beramiz"

Tashqi ishlar vazirining aytishicha, NATO Rossiyaning navbatdagi maqsadi bo‘lishi ehtimol bo‘lgan Ukrainaning qo‘shnisini qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirishi mumkin.

Liz Trass Moldovani Rossiya bosqinidan himoya qilish uchun zamonaviy qurollarni yubormoqchi ekanligini aytdi.

Tashqi ishlar vaziri The Telegraph nashriga bergan intervyusida Vladimir Putin Ukraina poytaxti Kiyevdagi mag‘lubiyatga qaramay, «buyuk Rossiya»ni yaratishga qaror qilganini aytadi.

Ukrainaning janubi-g‘arbida joylashgan Moldova NATOga a’zo emas va u hududni kengaytirishga intilayotgan Putinning Ukrainadan keyingi nishoni bo‘lishi mumkin degan xavotirlar bor.

Trass xonimning aytishicha, muzokaralar nafaqat Ukraina, balki Moldova mudofaasi ham kelajakdagi har qanday hujumni oldini oladigan «NATO standarti»ga mos bo‘lishini ta’minlash bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.

O‘z intervyusida u shunday degan: “Men Moldova NATO standartlariga muvofiq jihozlanishini istardim. Bu bizning ittifoqchilarimiz bilan suhbatimiz mavzusidir”.

«Putin “buyuk Rossiya”ni yaratishga bo‘lgan niyatlarini aniq aytdi - va uning Kiyevni egallashga bo‘lgan urinishlari muvaffaqiyatsizlikka uchragani uning bu maqsadidan voz kechganini anglatmaydi».

Agar rejalar qabul qilinsa, NATO harbiy alyansi a’zolari Moldovani zamonaviy qurol-yarog‘lar bilan ta’minlaydi, sovet davridan qolgan jihozlarini almashtiradi va askarlarni ulardan qanday foydalanishni o‘rgatadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!