Liviyada toshqin qurbonlari soni 8 mingdan oshdi

Liviyada toshqin qurbonlari soni 8 mingdan oshdi

Liviyaning Derna shahrida suv toshqinlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 8 mingdan oshdi.

Bu haqda Liviya vakillar palatasi (parlamenti) rasmiy vakili Abdalla Belxak ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, bedarak yo‘qolganlar soni 10 mingdan oshgan.

Eslatib o‘tamiz, Gresiya va Bolgariyada suv toshqinlariga sabab bo‘lgan “Daniyel” dovuli 11-sentyabr kuni Liviyaga yetib kelgan edi.

Tabiiy ofat, ayniqsa, Derna shahrida katta oqibatlarga olib keldi. Suv toshqinlari tufayli Liviya Milliy birlik hukumati shaharda tabiiy ofat holatini e’lon qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!