Liviya kuchli qum bo‘roni. Sahroi Kabir changi Gresiyagacha yetib bordi

Liviya kuchli qum bo‘roni. Sahroi Kabir changi Gresiyagacha yetib bordi

Liviya sharqiga Sahroi Kabirdan qum bo‘ronlari yetib keldi. Ko‘rishning deyarli nolga teng bo‘lishi va kuchli shamol tufayli mamlakatda havo qatnovi to‘xtatildi – reyslar bekor qilindi va vaqt o‘zgartirildi. Hukumat idoralari va maktablar yopildi, minglab ishchilar tabiiy ofat tufayli rejasiz dam olish kunlariga chiqdi. Rasmiylar odamlardan zarurat bo‘lmasa, uylarini tark etmaslikni so‘ramoqda.

Shuningdek, qum bo‘roni allaqachon boshqa mamlakatlarga, xususan, Gresiya janubiga yetib borganligi xabar qilingan. U yerda, Afrika changi tufayli, ba’zi hududlarda osmon allaqachon sariq-to‘q sariq rangga aylangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!