Litva «Vagner»ni terrorchilik tashkiloti deb tan oldi

Litva «Vagner»ni terrorchilik tashkiloti deb tan oldi

Litva Seymi bir ovozdan «Vagner» XHKni terrorchilik tashkiloti deb tan olishga ovoz berdi.

Parlament tomonidan qabul qilingan rezolyusiyada yollanma askarlar Ukrainadagi «tizimli og‘ir bosqin jinoyatlari»da ayblanadi.

«Rossiyalik harbiy xizmatchilar va «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasining yollanma askarlari jangovar harakatlarda tajovuzkor tarafda faol ishtirok etib, tizimli, og‘ir bosqinchilik jinoyatlarini – Ukraina tinch aholisini o‘ldirish va qiynoqqa solish, turar joy binolari va boshqa fuqarolik ob’ektlarini bombardimon qilishda ishtirok etyapti. Bu terrorizmga tenglashtiriladi», — deyiladi rezolyusiyada.

Qarorda, shuningdek, «Vagner» yollanma askarlari Rossiya hukumatidan harbiy texnika va qurol-yarog‘ olishlari, Rossiya Mudofaa vazirligi tuzilmalarida tayyorgarlikdan o‘tgani hamda davlat va jamoat xavfsizligiga tahdid solayotgani qayd etilgan.

Deputatlar boshqa davlatlar parlamentlarini ham XHKni terrorchi tashkilot deb e’lon qilishga chaqirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!