Litva Ukrainaga 5000 ta FPV dronlarini topshiradi

Litva Ukrainaga 5000 ta FPV dronlarini topshiradi

Litva Mudofaa vazirligi Vilnyusning GA-10-FPV-AI modelidagi dronlarni ishlab chiqaruvchi Granta Autonomy kompaniyasi bilan 1 million dollarlik shartnoma imzoladi. Bu kelishuv Vilnyusning mahalliy ishlab chiqaruvchilardan sakkiz ming FPV dronlarini sotib olish bo‘yicha mudofaa rejasining faqat bir qismidir. Ushbu tashabbus doirasida Ukraina 5000 dona zamonaviy dronlar oladi, qolgan dronlar Litva armiyasiga topshiriladi.

Granta Autonomy bilan tuzilgan shartnoma 3 kg gacha yuk ko‘taruvchi va vertikal uchish va qo‘nish texnologiyasi bilan jihozlangan deyarli 1000 ta dron sotib olishni nazarda tutadi. Bundan tashqari, bu model GPS signali bo‘lmagan sharoitlarda avtonom ishlashi imkoniyatiga ega, shuningdek, turli xil video uzatish chastotalari va kamera turlariga moslashtirilishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!