Lisenziyasi bekor qilingan xususiy oliygohlarning talabalari ko‘chada qolmaydi — vazirlik

Lisenziyasi bekor qilingan xususiy oliygohlarning talabalari ko‘chada qolmaydi — vazirlik

Lisenziyasi bekor qilinadigan nodavlat oliy ta’lim muassasalarining talabalari ko‘chada qolib ketmaydi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, lisenziya talablari va shartlarini qo‘pol ravishda buzganligi uchun 6 ta nodavlat OTMning tegishli lisenziyasini bekor qilish bo‘yicha sudga da’vo arizalari kiritilgan.

Shundan 5 tasining tegishli lisenziyasi sud qaroriga ko‘ra bekor qilingan, 1 ta nodavlat OTMning lisenziyasini bekor qilish bo‘yicha sud jarayoni davom etmoqda.

Bugungi kunga qadar sud jarayonlari to‘liq yakunlangan va lisenziyasi bekor qilingan oliy ta’lim tashkilotlari – “Valley Innovative University”, Urganch shahridagi Binari universitetining barcha talabalari tegishli tartibda oliy ta’lim tashkilotlariga ko‘chirilgan.

Hozirda lisenziyasi bekor qilingan boshqa oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining o‘qishini ko‘chirish ishlari tashkil etilmoqda.

“Vazirlik lisenziyasi bekor qilingan oliy ta’lim tashkilotlarining biron-bir talabasi ko‘chada qolmasligini ma’lum qiladi. Barcha talabalarning arizasiga asosan o‘qishi belgilangan tartibda boshqa oliygohlarga ko‘chirilishi ta’minlanadi”, deyiladi xabar


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!