Singapur Respublikasining birinchi Bosh vaziri (1965-2000) Li Kuan Yu (1923-2015) ning islohotlari uchun bugun mamlakatdagi har bir fuqaro undan minnatdor, rozi. Avvaliga balandparvoz bo‘lib tuyilgan "Uchinchi dunyodan birinchisiga" shiorini ko‘p o‘tmasdan har bir fuqaro his qila boshlaydi.
Bugungi kunga kelib, Singapur davlatining yillik daromadi har bir fuqaroga 55000 AQSh dollarini tashkil qiladi. Buni iqtisodchilar «iqtisodiy mo‘’jiza» deb atashadi. Bugun singapurliklarning 90 foizi shaxsiy uy-joyiga ega. Daromadi 20 foizdan kam bo‘lgan oilalarning ham 80 foizi shaxsiy uylariga egalik qilishi ularning yuqori turmush tarzidan darak beradi.
Bu natijalarga erishishda Li Kuan Yuning qarorlari, pok va halollikka asoslangan tamoyillari muhim o‘rin egallaydi. "Mamlakatga faqatgina uning maydoniga qarab buyuk deb ta’rif berish -- xato. Davlatni uning ulkan orzulari, halol yo‘lboshchilari hamda mehnatkash xalqi buyuk qiladi", degan edi u. Quyida Li Kuan Yuning Singapurni o‘zgartira olgan 7 qarorini e’tiboringizga havola qilamiz.
Birinchi qaror. Tadbirkor va investorlar ishonchli himoya ostiga olinadi. Mamlakatda sog‘lom raqobat muhiti o‘rnatiladi. Bosh vazir Li Kuan Yu xorijiy tadbirkor va sarmoyadorlarga keng quchoq ochadi. Natijada, yevropalik puldorlar Singapur tomon oshiqadilar. Bu esa davlat g‘aznasiga mablag‘ olib kela boshlaydi, ishchi o‘rni yaratilishiga sabab bo‘ladi.
Bosh vazir topshirig‘iga ko‘ra, mahalliy va xorijiy tadbirkorlar o‘rtasida biznesni osonlashtirishga oid so‘rovlar muntazam o‘tkazilgan, tadbirkorlar dardiga quloq tutilgan. Singapur bugun ham Jahon bankining «Biznes qilish» reytingida yetakchi hisoblanadi.
Ikkinchi qaror. Li Kuan Yu ixcham, samarador va halol hukumat yaratishga harakat qilgan. Singapurga qo‘shni davlatlarga aynan ana shu jihat yetishmas edi.
Bosh vazir korrupsiyaga qarshi qat’iy kurashadi. U korrupsiyaga sabab bo‘layotgan mayda detallarni o‘rganib, ularni yo‘q qilishga kirishadi. Korrupsiyaga qarshi ishlab chiqilayotgan qonunlar xolis va hamma uchun teng edi. "Davlat rahbari bo‘lishni eng yaqin uch do‘stingni qamoqqa tashlashdan boshla. Shundagina odamlar sening halolliginga ishonishadi", deydi u.
Uchinchi qaror. Li Kuan Yu jamiyatda qonun ustuvorligining qat’iyligini o‘rnata oldi. Qonun oldida har bir fuqaroning teng javob berishi Singapur muvaffaqiyatining omili bo‘ldi.
To‘rtinchi qaror. Li Kuan Yuni «iqtidorlarning rahnamosi» deyishar edi. U iqtidorli fuqarolarni mas’uliyatli lavozimlarga qo‘yish va ularga yaxshi maosh tayinlashga hech qachon ikkilanmagan. Shu bilan birga, Singapurda mansabni suiiste’mol qilish ham ayovsiz jazolangan.
Beshinchi qaror. Davlat mablag‘i birinchi galda aholi farovonligi, salomatligi va ta’limiga sarflanadi. 1965 yilda Singapurda tug‘ilgan 1000 nafar boladan 35 foizi nobud bo‘lgan bo‘lsa, 1985 yilga kelib, bu ko‘rsatkich 10 foizga tushadi.
Oltinchi qaror. Barcha maktablar zamonaviy ta’lim maskaniga aylantirilgan. Singapur bolalari jahonning eng samarali va yaxshi ta’lim tizimlari asosiga qurilgan maktablarda o‘qiydilar. Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotining «Asosiy universal ko‘nikmalar» reytingida 15 yoshdagi singapurlik o‘quvchilar matematika va aniq fanlar bo‘yicha jahonda birinchi o‘rinda turishadi. Bu tashkilotning o‘quvchilar savodxonligini baholaydigan «PISA» testiga ko‘ra, so‘nggi 5 yillikda singapurlik talabalar «muammolarga yechim topish» imtihonlarida mutlaq yetakchilik qilishmoqda. Jumladan, 2017 yilning 25 dekabrida e’lon qilingan reyting buning isbotidir.
Ettinchi qaror. Xorijdan eng malakali o‘qituvchilar olib kelingan. Ta’lim sohasidagi ekspertlarning fikricha, Singapur iqtisodiy taraqqiyot va turmush darajasini yuksaltirishni ta’lim bilan bog‘lagan. Xususan, bu yerda birinchi o‘rinda ta’lim berish standarti ishlab chiqiladi. Buning uchun katta mablag‘ sarf qilinadi. Ayniqsa, eng yaxshi o‘qituvchilarni jalb etish va ularning nufuzini oshirishga avvalboshdanoq alohida e’tibor qaratilgan. Hozir ham Singapurda o‘qituvchilarni jahonning eng nufuzli ta’lim muassasalari bitiruvchilarining orasidan yollash an’anasi saqlab qolingan. Shu bilan birga, bu o‘qituvchilarning barchasi Milliy ta’lim institutida qayta tayyorlovdan o‘tkaziladi. Bu esa ta’lim sifatini nazorat qilish va mehmon-o‘qituvchilarga milliy ta’lim tizimini o‘rgatishda muhim.
"Mening armonim qolmadi. Men umrimni bu mamlakatni bunyod etishga sarf qildim. Shundan boshqa oliy maqsadim ham yo‘q edi. Yo‘qotganim - o‘z hayotim bo‘ldi. Topganim esa - xalqimning farovonligi, muvaffaqiyatli Singapurdir", deydi Li Kuan YU.
Shuhrat Sattorov, Yonsey universitetining "Davlat va biznes boshqaruvi" fakulteti tadqiqotchisi, Human.uz ning maxsus muxbiri.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Унга нисбатан Жиноят Кодексининг 168-моддаси 2-қисми “а” банди ва 28,211-моддаси 1-қисми билан жиноят иши қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.
Шу билан бирга, Мединскийнинг сўзларига кўра, Истанбулдаги сўнгги музокаралар арафасида Россия стратегик авиациясига қилинган ҳужум музокараларга салбий таъсир кўрсатмаган.
Жумладан, икки нафар ходим иш жараёнида эҳтиётсизлик қилиб, металл нарвонни «Анзур» фидерининг ҳаво электр узатиш тармоғига теккизган. Оқибатда уларни ток урган.
Ёсир Абу-Шабоб раҳбарлигидаги гуруҳ ҲАМАСдан мустақил анклавни шакллантирмоқда. Исроил уни қўллаб-қувватламоқда, аҳоли эса хавфсизлик излаб шу ҳудудга кўчмоқда.
"Ўзэнергоинспекция" Андижон вилоят ҳудудий бошқармаси томонидан энергетика объектларида олиб борилаётган таъмирлаш ишларида инсон ҳаёти учун хавф туғдириши мумкин бўлган ҳолатлар ўрганилмоқда.
Сешанба куни Австриядаги ўрта мактабга уюштирилган ҳужум оқибатида 10 киши, жумладан ҳужумни уюштирган одамнинг ўзи ҳам ҳалок бўлди, яна 11 киши жароҳат олди.
АҚШда миллий гвардия қўшинлари энди Техас штатига ҳам киритилди. Бу қарор Лос-Анжелесда бошланган ва бутун мамлакатга ёйилаётган норозилик намойишлари туфайли қабул қилинди.
24–25 июн кунлари Нидерландиянинг Ҳаага шаҳрида ўтадиган НАТО саммити учун тайёрланган лойиҳа коммюникесида Украина ҳақидаги энг муҳими — аъзолик ва катта миқдордаги ёрдам масалалари умуман тилга олинмаган.
АҚШ иммиграция назорати хизматининг маълум қилишича, Италия фуқароси бўлган Хаби Лейм апрель ойидан бери мамлакат ҳудудида визада белгиланган муддатдан ортиқ қолган.
Блоггер 30 апрель куни АҚШга кирган ва унинг визаси муддатидан ошиб кетган. 25 ёшли Италия фуқароси 6 июнь куни қўлга олинган, бироқ ўша куниёқ қўйиб юборилган: у ўз ихтиёри билан мамлакатни тарк этишга рухсат олган. Лейм ижтимоий тармоқларда воқеага изоҳ бермади.
Ғазонинг Tal ал-Султон ҳудудида гуманитар ёрдамга келган фаластинликларга қарата ўқ узилди. Бу сафар Исроил ҳарбийлари эмас, балки номаълум қуролланган маҳаллий шахслар ҳам отишмада қатнашгани гувоҳлар томонидан тасдиқланди.
Украинада катта газ захиралари борлиги анча вақтдан бери маълум. Британиянинг The Telegraph нашри мамлакатнинг сланец гази ишлаб чиқариш орқали Европа бозорида янги инқилобга олиб келиши мумкинлигини таъкидлади. Бироқ бу режалар амалда фақат уруш тугагандан кейингина амалга ошиши мумкин.
БМТнинг янги ҳисоботига кўра, глобал миқёсда туғилиш даражалари кескин пасаймоқда. Бунга асосий сабаблар сифатида ота-она бўлиш харажатларининг ортиши ва муносиб турмуш ўртоқ топишдаги муаммолар кўрсатилмоқда.
АҚШ президенти Доналд Трамп буйруғига биноан, Калифорниядаги ҳарбий базага қарашли 700 нафар денгиз пиёда аскарлари Лос Анжелесдаги намойишларга қарши ҳаракатларда миллий гвардия сафига қўшилди. Бу қарор губернатор ва шаҳар ҳокимияти розилигисиз қабул қилинди.