LGBTga qarshi: Ramzan Qodirovning 5 nafar ishonchli kishisi sudga berildi

LGBTga qarshi: Ramzan Qodirovning 5 nafar ishonchli kishisi sudga berildi

Germaniya sudiga Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning beshta ishonchli kishisiga qarshi da’vo arizalari kelib tushdi. Bu respublikada LGBTlar ta’qib qilinayotgani haqidagi xabarlar bilan bog‘liq, deb xabar bermoqda The Guardian.

Da’volarga Checheniston parlamenti spikeri Magomed Daudov, hukumat raisi o‘rinbosari Abuzaid Vismuradov va Argun shahar polisiyasining sobiq rahbari Ayub Katayevning ismlari kiritilgan. Bunga aloqador bo‘lgan boshqa ikki shaxs haqida ma’lumot yo‘q.

Arizachilar orasida Yevropaning Konstitusiyaviy va inson huquqlari markazi va Rossiyaning LGBT tarmog‘i bor. Shikoyat mualliflari Checheniston armiyasi va rasmiylarini 2017 yil fevralidan beri kamida 150 kishini jinsiy oriyentasiyasi asosida o‘ldirishga majburlash, ta’qib qilish, noqonuniy hibsga olish, qiynoqqa solishda ayblamoqda.

Sudlanuvchilar Germaniyada ayblanishi mumkin – Germaniya qonunlariga ko‘ra, Germaniya Federativ Respublikasi hududida insoniyatga qarshi jinoyatlar uchun, hatto uning chegaralaridan tashqarida sodir bo‘lgan taqdirda ham javobgar bo‘lish mumkin, deb yozadi manba.

Vismuradov va Katayev Yevropa Ittifoqining sanksiyalari ostida. Ular Chechenistonda inson huquqlarini buzish va LGBT tarafdorlari va siyosiy muxoliflarni ta’qib qilishda ishtirok etganlikda ayblanmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!