Le Monde: Fransiyaning Nigerga aralashuviga ruxsat berildi

Le Monde: Fransiyaning Nigerga aralashuviga ruxsat berildi

Niger Prezidenti Muhammad Bazum tomonidan tuzilgan hukumatda respublika bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Asumi Masudu to‘ntarishdan keyin Fransiyaning respublikaga harbiy aralashuviga ruxsat beruvchi hujjatni imzoladi. Bu haqda Le Monde gazetasi Bazumga yaqin manbaga tayanib xabar berdi.

“Birinchi soatlarda biz haqiqatan ham davlat to‘ntarishi haqida gapirayotganimizni anglaganimizda, Bosh vazir vazifasini bajaruvchi Masud (…) yozma ruxsat talab qilgan Fransiyadan yordam so‘radi”, — deyiladi nashr xabarida.

Le Monde nashrining qayd etishicha, fransuz bo‘linmalari Milliy gvardiya shtab-kvartirasiga 27 iyul kuni soat 04:00da yetib kelgan. “Ularning o‘nlab mashinalari bo‘lgan, vertolyotlar ham shay holatda bo‘lgan”, — dedi manba.

Bazumning o‘zi bu operasiyaga qarshi chiqqan, u "muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlanishiga ishongan". Shundan so‘ng, Fransiyaning o‘zi operasiyada past darajadagi pozisiyani egalladi, chunki Parij tayanishi mumkin bo‘lgan Niger armiyasining bir qismi isyonchilar tomoniga o‘tdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!