Laziz Kudratov Tojikistonning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashdi

Laziz Kudratov Tojikistonning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashdi

O‘zbekiston investisiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Tojikistonning O‘zbekistondagi elchisi Abdujabbor Rahmonzodani qabul qildi, deya xabar berdi vazirlik matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, suhbat chog‘ida loyihalarni amalga oshirishning borishi hamda savdo-iqtisodiy va investisiyalar sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

"Oliy va yuqori darajada, jumladan, hukumatlararo komissiya yig‘ilishlari doirasida erishilgan kelishuvlarni o‘z vaqtida hayotga tatbiq qilish muhimligi qayd etildi. Qo‘shma loyihalar va savdo shartnomalarini amalga oshirishga doir qator masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilindi, yangi investisiya tashabbuslari bo‘yicha yagona yondashuvlar ishlab chiqildi", — deyiladi xabarda.

Uchrashuv yakunida tomonlar ikki mamlakat sanoat tarmoqlaridagi ishchi guruhlari o‘rtasida aloqalarni faollashtirishga kelishib olishdi. Bunda o‘zaro rejalarni muvofiqlashtirish, takliflar ishlab chiqish va ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish maqsad qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!