Lavrov: "Rossiya Ukraina bilan muzokara olib borishdan bosh tortmaydi"

Lavrov: "Rossiya Ukraina bilan muzokara olib borishdan bosh tortmaydi"

Rossiya Ukraina bilan muzokaralarni rad etmayapti.

Bu haqda tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov janubiy afrikalik hamkasbi bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan qo‘shma matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Uning qayd etishicha, uning mamlakati Ukraina bilan muzokaralardan bosh tortmaydi: "Rossiya muzokaralardan bosh tortmaydi. Ammo G‘arb Rossiyadan qanchalik uzoqlashsa, vaziyat shunchalik qiyinlashadi", — dedi TIV vaziri.

Lavrovga ko‘ra, G‘arb davlatlari Kiyevga Moskva bilan muzokaralar olib borishga hali erta ekanligini to‘g‘ridan-to‘g‘ri aytmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!