Lavrov: hamkorlar bilan milliy valyutalarda hisob-kitob qilish jarayoni jadallashmoqda

Lavrov: hamkorlar bilan milliy valyutalarda hisob-kitob qilish jarayoni jadallashmoqda

Rossiyaning hamkor davlatlar bilan o‘zaro hisob-kitoblarda milliy valyutalardan foydalanish jarayoni faqat jadallashadi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma’lum qildi.

“Tovar aylanishi o‘sishi bilan, albatta, milliy valyutalardagi to‘lovga o‘tish amaliy ahamiyatga ega bo‘ladi, kelajak buning ortida. Bu nafaqat Afrikaga nisbatan, bu ham Lotin Amerikasi, Osiyodagi hamkorlarimiz, Eron, Hindiston, Xitoy Xalq Respublikasiga nisbatan ham. Biz allaqachon faol milliy valyutalarda hisob-kitoblarga o‘tyapmiz, dollar ulushi izchil kamaymoqda. <…> Shunday ekan bu jarayon jadallashadi”, - dedi Lavrov Keniyadagi matbuot anjumanida.

Rossiya TIV rahbarining ta’kidlashicha, savdo-sotiqda milliy valyutlarga o‘tish dunyo iqtisodiyoti uchun sog‘lomlashtiruvchi samaraga ega bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!