Latviya kompaniyasi o‘zbekistonlik yuk mashinalari haydovchilarini ishga olishni rejalashtirmoqda

Latviya kompaniyasi o‘zbekistonlik yuk mashinalari haydovchilarini ishga olishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston elchisi Timur Rahmonov Latviyaning "Kreiss" transport-logistika kompaniyasi rahbari Dmitriy Chebayevskiy bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» axborot agentligi.

Tomonlar transport va logistika sohasida ikki tomonlama hamkorlikni faollashtirish, kadrlar tanlash, haydovchilarni tayyorlash va mamlakatimizda ixtisoslashtirilgan o‘quv markazlarini tashkil etish masalalarini muhokama qildilar.

Latviya tomoni mamlakatimizda mahalliy yuk tashuvchilarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, O‘zbekiston mahsulotlari eksportini oshirish doirasida transport xizmatlariga davlat tomonidan taqdim etilayotgan imtiyoz va preferensiyalarni yuqori baholadi.

O‘zbekistonlik yuk mashinalari haydovchilarini "Kreiss" kompaniyasiga tashkillashtirilgan holda ishga jalb etishga qiziqish bildirildi. Latviya tomoni, shuningdek, Toshkent avtomaktablaridan biri negizida Yevropa ro‘yxatidan o‘tganlik guvohnomasini berish imkoniyatiga ega og‘ir vaznli avtotransport vositalari haydovchilarini o‘qitish va tayyorlash markazini ochish loyihasini amalga oshirish rejalari haqida ma’lumot berdi.

Muzokaralar natijasida 10-14 iyun kunlari "Kreiss" kompaniyasi delegasiyasining mamlakatimizga tegishli vazirlik va idoralarda uchrashuv hamda muzokaralar o‘tkazish uchun O‘zbekistonga safarini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!