“Lasetti”ga yashirilgan kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari fosh bo‘ldi

“Lasetti”ga yashirilgan kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari fosh bo‘ldi

Sifati kafolatlanmagan dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxona organlari xodimlari tomonidan muntazam ravishda kurash olib borilmoqda.

Xususan, Namangan viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda navbatdagi qonunbuzilish holatini fosh etishdi.

Tezkor tadbir davomida fuqaro K.SH. boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi.

Ko‘zdan kechirish natijasida avtotransport vositasi yukxonasida, sifati kafolatlanmagan, umumiy qiymati 211 million so‘mlik xorijda ishlab chiqarilgan 600 dona “Tropikamid 1%” va 648 dona “Regapen” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida vaqtincha saqlovga olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!