“Las-vegas”ni orzu qilgan qimorxona egasining faoliyatiga chek qo‘yildi

“Las-vegas”ni orzu qilgan qimorxona egasining faoliyatiga chek qo‘yildi

Samarqand. 2020 yilning 18 dekabr kuni soat 23:00 da o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro 46 yoshli Orifjon B., ning Pastdarg‘om tumani “O‘rikzor” mahallasida joylashgan uyining alohida xonasida oson yo‘l bilan moddiy boylik orttirish maqsadini ko‘zlab, qimor o‘yinini qonunga hilof ravishda tashkil etib kelayotganligi aniqlanib, fuqaro Orifjon B.,dan hamda qimor o‘ynayotgan olti nafar fuqarolardan jami 2 mln. 142 ming so‘m pullar xolislar ishtirokida hujjatlashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Pastdarg‘om tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 278-moddasi 1-qismi (qimorxona tashkil etish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!