KXSHT Kollektiv xavfsizlik kengashining navbatdagi sessiyasi Minskda bo‘lib o‘tadi

KXSHT Kollektiv xavfsizlik kengashining navbatdagi sessiyasi Minskda bo‘lib o‘tadi

KXSHT Kollektiv xavfsizlik kengashining navbatdagi sessiyasi kelasi yilning to‘rtinchi choragida Minskda bo‘lib o‘tadi.

KXSHTning asosiy maqsadi KXSHTga a’zo davlatlarning xavfsizligini ta’minlashdan iborat.

«Shu bilan birga, KXSHTdagi faoliyatida ustuvorlik hamon siyosiy va diplomatik vositalarga berilgan», - dedi tashkilot bosh kotibi Stanislav Zas.

▪️Kecha Yerevanda KXSHT sammiti bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilar bir qator hujjatlarni imzoladilar. Xususan, KXSHT tinchlikparvar qo‘shinlarini zamonaviy qurol-yarog‘, harbiy va maxsus texnika bilan ta’minlash to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Shuningdek, KXSHTni radiasiyaviy, kimyoviy va biologik himoya va tibbiy ta’minlashni birgalikda shakllantirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

▪️Kelgusi yildan boshlab Imangali Tasmagambetov KXSHT Bosh kotibi bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!