Kurdlar Shvesiyaning NATOga kirishiga to‘sqinlik qilishi mumkin

Kurdlar Shvesiyaning NATOga kirishiga to‘sqinlik qilishi mumkin

Mamlakatning hamma aholisi ham ittifoqqa qo‘shilishga rozi emas. Ular orasida kurdlar ham bor, deyiladi CNN xabarida.

“NATOga a’zo bo‘lish bizni yangi mojarolar va, ehtimol, yangi urushlarga olib keladi”, - deydi kurdlardan biri telekanalga bergan intervyusida.

Bugun NATOning Bryusseldagi shtab-kvartirasida Shvesiya, Finlyandiya va Turkiya delegasiyalari muzokaralar olib bormoqda.

Turklar bilan harbiy to‘qnashuvlar sodir bo‘lgan kurdlarga shimoliy mamlakatlarning boshpana bergani Anqaraga yoqmaydi. To‘g‘ri, Stokgolm va Xelsinki ularga boshpana berganini inkor etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!