Ko‘p qavatli uyning yerto‘lasidan foydalanish tartibi belgilandi

Ko‘p qavatli uyning yerto‘lasidan foydalanish tartibi belgilandi

Hukumat qarori (648-son, 15.10.2021 y.) bilan Ko‘p kvartirali uyning yerto‘lasidan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi

🔰 Nizomga ko‘ra, yerto‘ladan foydalanish ko‘p kvartirali uydagi joylar mulkdorlarining roziligiga asosan amalga oshiriladi.

📌 Yerto‘ladan joylar faqat yerto‘lada shug‘ullanilishi mumkin bo‘lgan quyidagi faoliyat turlarini amalga oshirish uchun beriladi:

● oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari bilan savdo qilish (do‘konlar, kioskalar, do‘konchalar va boshqalar);
● maishiy xizmat ko‘rsatish (sartaroshxona, poyabzal tikish va ta’mirlash, optika, soat sozlash ustaxonalari, tikuvchilik va kashtachilik, atelYE);
● umumiy ovqatlanish (restoranlar, kafe, kafeteriylar, muzqaymoq va chanqovbosdi ichimliklar barlari, gazakxonalar);
● bank xizmatlari ko‘rsatish (banklarning bo‘limlari va valyuta almashtirish punktlari);
● aloqa xizmatlari ko‘rsatish (pochta bo‘limi) va kuryerlik faoliyati;
● gazetalar, jurnallar va kitob mahsulotlari bilan savdo qilish;
● bijuteriya va jevaklarni tayyorlash va ta’mirlash;
● gulchambarlar, sun’iy gullar va gul marjonlarini tayyorlash;
● rassomlik va haykaltaroshlik;
● xizmat ko‘rsatish va tadbirkorlarning ofislari hamda idoralari;
● video va fotosuratga olish, kompyuter xizmatlari;
● tarjima va tahrir xizmatlari;
● dizayn, chizmachilik-grafika xizmatlari;
● kiyim-kechak va idishlarni ijaraga berish xizmati;
● rieltorlik faoliyati;
● gazlamalarga naqshlar solish, trafaretli bosma va qo‘lda rasm chizish xizmatlari;
● jismoniy tarbiya va sport muassasalari faoliyati;
● davlat tashkilotlarini joylashtirish;
● sug‘urta tashkilotlarini joylashtirish.

☑️ Mazkur faoliyat turlarini yong‘inga qarshi va texnik shartlarning minimal talablari asosida tashkil etishga ruxsat beriladi.

❗️Erto‘ladan foydalanganlik uchun to‘lanadigan ijara to‘lovlarining eng kam miqdorlari tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadi.

➡️ Ijara to‘lovlari ushbu ko‘p kvartirali uyning umumiy mol-mulkini saqlash xarajatlariga yo‘naltiriladi.

❌ Yerto‘ladan foydalanuvchi tomonidan uni boshqa shaxslarga sotish, hadya etish, garovga qo‘yish va ijaraga berishga yo‘l qo‘yilmaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!