Ko‘kdaladagi to‘polon. Tuman hokimligi qo‘shimcha ma’lumot berdi

Ko‘kdaladagi to‘polon. Tuman hokimligi qo‘shimcha ma’lumot berdi

Ko‘kdala tumani hokimligi hokim kubogi paytida sodir bo‘lgan to‘polon masalasida munosabat bildirib, vaziyatga aniqlik kiritdi.

"Mazkur videotasvir aslida Ko‘kdala tumanida emas, avvalroq Qamashi tumanida tashkil etilgan mahalliy futbol o‘yinlaridan biridagi janjal videosi bo‘lib, buni Ko‘kdala tumanidagi "Hokim kubogi" o‘yinlaridagi holatga umuman aloqasi yo‘q. Ijtimoiy tarmoq faollaridan ma’lumot tarqatayotganda aniqlik kiritib keyin tarqatishlarini so‘ragan bo‘lar edik", deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, Ko‘kdala tumanidagi "Hokim kubogi" futbol o‘yinida bo‘lgan norozilik aks etgan holat bo‘yicha esa hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Surishtiruv natijalariga ko‘ra, ushbu holat yuzasidan jabrlangan va jarohatlanganlar yo‘q.

Holat tegishli tashkilotlar nazoratiga olingan bo‘lib, tez orada qo‘shimcha ma’lumot berilishi ma’lui qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!