Kuchli qaramlikka olib keluvchi 5 ta mahsulotni bilasizmi?

Kuchli qaramlikka olib keluvchi 5 ta mahsulotni bilasizmi?

Michigan universiteti hamda Virjiniya texnologik instituti olimlari o‘ziga qaram qildiruvchi 5 mahsulotni aniqlashdi. Tadqiqot natijalari Addiction jurnalida e’lon qilingan.

Unga ko‘ra, yuqori darajada qayta ishlangan mahsulotlar xuddi tamaki kabi o‘ziga qaram qilishi mumkin.

Bunday mahsulotlarga olimlar chips, muzqaymoq, tovuq go‘shti naggetslari, shirinlik (pechenYE) va kartoshka fri kabi oziq-ovqatlarni keltirib o‘tishgan.

Tadqiqotchilarning xulosalariga ko‘ra, bu kabi zararli va qayta ishlangan mahsulotlarni muntazam iste’mol qilish kompulsiv qaramlikka olib keladi. Chunki ular kayfiyatga ta’sir qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!