Kuba prezidenti G‘arbning Rossiyaga qarshi sanksiyalarini qoraladi

Kuba prezidenti G‘arbning Rossiyaga qarshi sanksiyalarini qoraladi

Kuba G‘arbning Rossiyaga qarshi sanksiyalarini qoralaydi, Ukraina mojarosidagi sabablarni AQSh va NATO siyosatidan izlash kerak. Bu haqda Kuba prezidenti Migel Dias-Kanel ma’lum qildi.

“Kuba Rossiya Federasiyasiga qarshi adolatsiz bir yoqlama kiritilayotgan sanksiyalarni keskin qoralaydi. Bu hududdagi joriy mojaro sabablarini AQShning tajovuzkor siyosati va NATOning Rossiya bilan chegaraga kengayishidan izlash zarur”, - dedi Migel Dias-Kanel Rossiya Davlat dumasida nutq so‘zlayotib.

Kuba rahbari Gavana Rossiyaga qarshi sanksiyalarni qoralashini bir necha marta takrorlagani va Ukrainadagi mojaro muzokaralar yo‘li bilan hal etilishi tarafdori ekanini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!