Bugun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-prosessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi ko‘rib chiqildi.
Ushbu Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilik hujjatlarini buzganlik va qonunga xilof ravishda mayning faoliyatini amalga oshirganlik uchun ma’muriy javobgarlikni nazarda tutuvchi qo‘shimchalar kiritilmoqda. Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga ham alohida moddalar bilan kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilik hujjatlarini buzganlik va qonunga xilof ravishda mayning faoliyatini amalga oshirganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanmoqda.
Bundan tashqari, Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-prosessual kodeksiga yangi kiritilayotgan moddalar bo‘yicha jinoyat ishini tergov qilish ish qo‘zg‘atgan dastlabki tergov organi tomonidan amalga oshirilishi to‘g‘risida qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Qonun ikkinchi va uchinchi o‘qishda ko‘rib chiqilib, tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga yuborildi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Ҳозирда тергов ҳаракатлари давом этмоқда. Ўзбекистоннинг Сеулдаги элчихонаси мазкур ҳолатни назоратга олган бўлиб, Корея томони билан ҳамкорликни давом эттирмоқда.
Фаррух Пулатовнинг айтишича, Тошкентдаги 419 та умумий овқатланиш корхонаси ҚҚСдан қочиш учун ўз номига ёки ходимлари номига ЙТТ очиб, чекларни улар номидан бермоқда.
Ўзбекистон терма жамоаси ва «Манчестер Сити» ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов CIES версиясига кўра 23 ёшгача бўлган энг яхши футболчилар рўйхатига киритилди.
2026 йил март ойида Ливандаги можаро кучайиши ортидан 1 миллиондан ортиқ одам ўз уйини тарк этди. Улардан тахминан 620 мингини аёллар ва қизлар ташкил этди.