Kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan shirkat rahbarining kirdikorlari fosh etildi

Kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan shirkat rahbarining kirdikorlari fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sariosiyo tuman bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “I” xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati rahbari O.A. ko‘p qavatli uy-joylarda joriy ta’mirlash va qurilish ishlarini amalga oshirish uchun ajratilgan 2,9 mlrd so‘m kredit mablag‘ining 525,2 mln so‘mini shartnomada ko‘rasatilgan maqsadlarda foydalanmasdan bank filialiga soxta hujjatlarni taqdim etish orqali talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!