Krasnodar o‘lkasida 50 ming kishi suvsiz qoldi
Krasnodar o‘lkasida avariya tufayli 50 ming kishi suvsiz qoldi. Bu haqda «TASS» xabar bermoqda.
«Axtanizovskiy, Vishestebliyevskiy, Zaporoje, Novotamanskiy, Tamanskiy, Senniy, Fontalovskiy qishloq aholi punktlarida 50 mingdan ortiq aholi yopilgan hududda qolmoqda», — deyiladi viloyat ma’muriyati xabarida.
Hodisani bartaraf etishda to‘rtta maxsus texnikadan foydalangan holda to‘rtta mutaxassislar guruhi ishtirok etmoqda. Payvandlash ishlari davom etmoqda. Kuban hukumati aholidan suv ta’minoti uchun arizalarni yig‘moqda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)