KOVID SHIFOXONALARIDA ISHLAYOTGAN XODIMLARNING OYLIGIDA O‘ZGARISh BO‘LDIMI?

KOVID SHIFOXONALARIDA ISHLAYOTGAN XODIMLARNING OYLIGIDA O‘ZGARISh BO‘LDIMI?

Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 24 sentyabrdagi 583-son qaroriga 1-ilova bilan tasdiqlangan Koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolash ob’ektlarida hamda koronavirus infeksiyasini aniqlash laboratoriyalarida faoliyat olib borayotgan xodimlarga maxsus rag‘batlantirish to‘lovlarini to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 4-bandiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 5 maydagi PF-6221-sonli Farmoni bilan kiritilgan o‘zgarishga ko‘ra: xodimlarga ish hajmidan kelib chiqib, kunbay ishlash sharoitiga o‘tkazilgan holda har 30 kunlik davr uchun ish yuklamasini inobatga olgan holda har oylik ish faoliyati yakuni bo‘yicha quyidagi miqdorlarda (soliqlardan tashqari) maxsus to‘lov belgilanadi:

  • vrach xodimlarga, vrach-laborantlarga — 15 million so‘m;
  • boshqaruv va o‘rta tibbiyot xodimlariga, hamshira-laborantlarga — 10 million so‘m;
  • provizor-farmasevt xodimlarga — 6 million so‘m;
  • dezinfektor va kichik tibbiyot xodimlariga — 4 million so‘m;
  • boshqa xodimlarga — 2,5 million so‘m.

Shunga ko‘ra 2021 yil 5 maydan boshlab yuqoridagi miqdorda qo‘shimcha to‘lovlar to‘lanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!