Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Ochiqlik indeksi natijalarini e’lon qildi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Ochiqlik indeksi natijalarini e’lon qildi

Indeks 84 ta baholash mezonidan tarkib topgan 8 ta indikator asosida shakllantirilgan. Baholash natijalariga ko‘ra, jami 103 tadan 31 ta davlat organi «yashil» (71-100 ball), 43 tasi «sariq» (55-71 ball) va 29 tasi «qizil» (55 balldan past) samaradorlik ko‘rsatkichlarini qayd etgan.

Statistika agentligi, OKMK va Markaziy bank eng yaxshi ko‘rsatkichlar qayd etgan bo‘lsa, eng past baholar Andijon viloyati hokimligi, MTRK va Kinematografiya agentligiga tegishli.

E’tiborlisi, 2022 yil yakuni bo‘yicha «qizil» toifaga kiritilgan qator tashkilotlarda keskin ijobiy o‘sish kuzatilgan. «O‘zsuvta’minot» AJ – 81 ball (avval – 47 ball), «Turonbank» ATB – 78 ball (53 ball), «O‘zbekiston metallurgiya kombinati» AJ – 77 ball (48 ball), «Hududgazta’minot» AJ – 75 ball (52 ball) bilan bunga yaqqol misol bo‘la oladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!