Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi matbuot kotibi tayinlandi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi matbuot kotibi tayinlandi

Ochilova Durdona Bahodir qizi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining matbuot kotibi - axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda agentlik axborot xizmati ma’lum qildi.

D. Ochilova mehnat faoliyati davomida O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining turli lavozimlarida, shuningdek, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotida ish yuritgan.

U bugungi kunga qadar O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi boshlig‘ining matbuot kotibi - axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimida ishlab kelgan.

Lavozimga tayinlov Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi xulosasiga ko‘ra amalga oshirildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!