Korrupsiya sodir etgan shaxs davlat xizmatiga qabul qilinmaydi

Korrupsiya sodir etgan shaxs davlat xizmatiga qabul qilinmaydi

Bu haqida bugun Senatning yigirma oltinchi yalpi majlisida ma’qullangan “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonunda aytib o‘tilgan.

Qonun bilan davlat xizmatchilarining faoliyati eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) asosida baholanishi qat’iy belgilanmoqda. Korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etgan shaxslar davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilinmaydi, - deyilgan xabarda.

Shu bilan birga, qonunda davlat xizmati sohasini tartibga solishning huquqiy asoslari yaratiladi. Xususan, davlat xizmatchilarining toifasi, maqomi, malaka darajasi, ularga qo‘shimcha haq to‘lash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bilan bir qatorda ularning mas’uliyatini ham yanada oshirishga xizmat qiladi.

Senat a’zolari ushbu Qonunni ma’qulladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!