Koronavirusning dunyo bo‘ylab tarqalishining to‘rt asosiy ssenariysi ochiqlandi

Koronavirusning dunyo bo‘ylab tarqalishining to‘rt asosiy ssenariysi ochiqlandi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) rahbari Tedros Adxanom Gebreyesus dushanba kuni o‘tkazilgan brifingda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat hali ham tashvishga solayotganini ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, barcha mamlakatlar xavf ostida, lekin bu hammaga ham bir xil darajada ta’sir ko‘rsatmaydi.

Gebreyesusning ta’kidlashicha, dunyoda dushanba kungi holatga ko‘ra, 230 mingta yangi koronavirus infeksiyasi qayd etilgan. Shu bilan birga, ushbu holatlarning yarmi 2 mamlakatda, 80% i esa 10 ta mamlakatda kuzatilgan.

«Koronavirusning tarqalishi haqida ogohlantirilgan va unga qarshi tez hamda samarali choralar ko‘rgan mamlakatlar natijada katta avj olishlarning oldini olishdi», deydi JSST rahbari bu tarqalishning birinchi turi ekanligini ta’kidlar ekan.

Ikkinchi ssenariy esa Yevropaning ko‘pgina mamlakatlarida kuzatilgan, ularda keng ko‘lamli avj olish holati yuzaga kelgan, ammo oxir-oqibat kuchli hukumat va aholining savodxonligi tufayli xastalik nazoratga olingan.

Uchinchi ssenariy birinchi to‘lqinni yengib o‘tgan, ammo cheklov choralarini yumshatgandan so‘ng, yangi zarbani qabul qilgan davlatlarda qayd etilgan.

To‘rtinchi variant kuzatilayotgan davlatlar - Shimoliy va Janubiy Amerika, Janubiy Osiyo, Afrikaning bir qator mamlakatlari bo‘lib, bu yerda infeksiyaning intensiv tarqalish bosqichi mavjud.

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!