Koronavirusni aniqlashning g‘ayrioddiy usuli topildi

Koronavirusni aniqlashning g‘ayrioddiy usuli topildi

Dunyo bo‘ylab olimlar va shifokorlar inson tanasida koronavirus infeksiyasini aniqlash uchun samarali algoritmni ishlab chiqishda davom etishmoqda.

Yaqinda o‘tkazilgan tadqiqot davomida esa mutaxassislar COVID-19ga chalingan odamlarni aniqlashning yangi usulini o‘ylab topishdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, nafas olish apparati ishiga to‘liq bog‘liq bo‘lganligi bois amerikalik olimlar insonlarning ovozi orqali koronavirusni aniqlash mumkin deya taxmin qilishmoqda. Vaholanki, nafas olish apparati bilan bog‘liq eng kichik muammolar ham darhol ovozda aks etadi.

Koronavirus infeksiyasiga chalinib, uni simptomlarsiz o‘tkazgan yulduzlarning COVID-19dan avvalgi hamda keyingi ovozlarni taqqoslagan tadqiqotchilarning aniqlashlaricha, koronavirus bilan kasallangan mashhurlarda nafas olish muammolari yuzaga kelganligi tufayli ovozli signallarning xilma-xilligi sezilarli darajada kamaygan ekan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!