Koronavirusga qarshi jang – insoniyat hozircha yutqazmoqda

Koronavirusga qarshi jang – insoniyat hozircha yutqazmoqda

BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish G20’ning videoaloqa shaklida o‘tgan sammitida “Katta yigirmatalik” davlatlari yetakchilari koronavirusga qarshi kurashda g‘alaba qozonish uchun “harbiy davr” rejasini ishlab chiqishi lozimligini aytdi. Bu haqda "Kun" nashri yozmoqda.

“Biz virus bilan urush holatida turibmiz va hozircha g‘alaba qozonmayapmiz. Uch oy ichida kasallanganlar soni 100 mingga yetgandi. Yana 12 kun ichida ular soni yana 100 mingga oshdi. Uchinchi marta ular soni 100 mingga bor-yo‘g‘i 4 kunda ko‘paydi. Va, nihoyat, 4-marta – 1,5 kun ichida”, deb aytgan Guterrish.

“Urushda kurashish uchun harbiy davr rejasi lozim. Birdamlik bunda muhim rol o‘ynaydi. Ayniqsa, yigirmatalik guruhining rivojlanayotgan dunyo, ixtiloflar borayotgan davlatlar bilan birdamligi”, deb ta’kidlab o‘tgan BMT bosh kotibi.

Guterrish “yigirmatalik” davlatlari ko‘rishi kerak bo‘lgan uchta aniq harakatlar yo‘nalishi qatorida virus tarqalishini to‘xtatish, iqtisodiy oqibatlarni minimallashtirish va kelajakda barqarorroq global iqtisodiy tizim tuzish lozimligini aytgan.

Ayni vaqtda butun dunyo bo‘ylab koronavirusdan kasallanganlar soni 509 ming nafardan, undan vafot etganlar soni 23 mingdan oshib ketdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!