Koronavirusdan tuzalgandan keyingi sindrom alomatlari ma’lum qilindi

Koronavirusdan tuzalgandan keyingi sindrom alomatlari ma’lum qilindi

Koronavirusdan tuzalgan odamlarda terlash, charchoq va depressiya kuzatilishi mumkin, bu boshqa alomatlar qatorida koronavirusdan keyingi sindromini tashkil qiladi, deb xabar beradi «Korrespondent.net».

Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi Davolash-reabilitasiya markazi direktori Igor Nikitinning ta’kidlashicha, termoregulyasiya va diqqatni bir joyga to‘plashdagi muammolar koronavirusdan keyingi sindrom bo‘lib, ushbu alomatlar asab tizimining shikastlanganidan dalolat beradi.

«Bu terlash, juda tez charchash, oldin bemalol bajarilgan jismoniy mashqlar xuddi imkonsizdek bo‘lib qolishiga o‘xshaydi», — deya qo‘shimcha qiladi Nikitin.

Shuningdek, u koronavirusdan keyingi sindromning belgilari qatorida yurak-qon tomirlarining shikastlanishi, buyraklar vazifasining o‘zgarishi, bundan tashqari, depressiyani sanab o‘tgan.

Shu bilan birga, reabilitasiya dasturi aniq belgilarga bog‘liq va soha mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilishi kerak.

Mavzuga doir: Koronavirusdan keyingi reabilitasiya: Organizm tezda tiklanishi uchun nimalarga e’tibor berish kerak?

Bunga qadar britaniyalik olimlar koronavirus miya faoliyatiga, braziliyalik stomatologlar esa virusning bemor og‘iz bo‘shlig‘iga zarar yetkazishini, shuningdek, koronavirusdan tuzalgan bemorlarning immun tizimida muammolar kuzatilayotganini ma’lum qilgandi.

Manba:daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!