Koronavirusdan sog‘ayib chiqqanlarda ichak tizimi kasalliklari kuzatiladimi?

Koronavirusdan sog‘ayib chiqqanlarda ichak tizimi kasalliklari kuzatiladimi?

Koronavirus ko‘p bemorlarda oshqozon-ichak tizimi kasalligi bilan kechishi kuzatilmoqda. Ba’zilarda esa, nafas yo‘llari jarohatlanishi bilan kechsa-da, bu kasallik jarayonida ichilgan dori vositalar ta’sirida oshqozon-ichak tizimida ko‘pgina o‘zgarishlar kelib chiqmoqda. Bugungi kunda kasallanib tuzalgan ko‘pgina bemorlar oshqozon ichak tizmi muammolari bilan murojaat etmoqda.

Buning bir necha sabablari bor:

1.Koronavirus infeksiyasi ichak epiteliositlarini jarohatlashi bois oshqozon va ichakda kuchli o‘zgarish bo‘lib kuchli ich ketishi kuzatiladi.

2.Kasallik kechuvida oshqozon-ichak tizimi jarohatlanmasa-da, ba’zi kuchli dori vositalarining (ayniqsa, antibiotiklar) nojo‘ya ta’siri oqibatida ich ketishi kuzatiladi;

3.Koronavirus kasalligi jarayonida oshqozon-ichak tizimi shilliq qavati jarohatlanmaydi, ammo umumiy yallig‘lanish ta’sir qilib turadi, noto‘g‘ri ovqatlanish, shuningdek, qovurilgan, achchiq, nordon ovqatlarni iste’mol qilish bilan oshqozon ichak tizimida o‘zgarish kuzatiladi va ich ketish mumkin.

Bu holatlarning birontasi kuzatilsa, albatta, shifokorga murojaat etish kerak. Umumiy qon, peshob va axlat taxlillarini topshirish, kerak bo‘lsa, yana boshqa instrumental tekshiruvlardan o‘tish kerak bo‘ladi. Ayniqsa, surunkali ravishda ich ketishi kuzatilgan bemorlardan shifokor nazorati ostida kasallik sababini aniqlash hamda davolanish talab etiladi, deydi SSV huzuridagi Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!