Koronavirus: Dunyo bozorida neft narxi yana tushib ketdi

Koronavirus: Dunyo bozorida neft narxi yana tushib ketdi

Brent (oliy navli neft markasi) neftining bir barreli 41 (AQSh) dollardan past ko‘rsatkichga yetdi. 8 sentyabr kuni o‘tkazilgan savdolar chog‘ida, noyabr oyi uchun fyucherslar (shartnomalar) narxi 40.93 dollarni tashkil etdi. Bu so‘nggi bir necha oylardagi eng kuchli narx pasayishi bo‘ldi. O‘tgan savdolar yopilishi bilan solishtirilganda, Brent 2.57 foiz yo‘qotdi.

Brent nefti narxi so‘nggi marta 2020 yilning 30 iyun sanasida 41 dollardan past ko‘rsatkichni qayd etgan edi. Shu bilan birga, Texasning WTI nefti narxi ham tushib ketdi. U 4.48 foiz yo‘qotdi va bir barrel uchun 37.99 dollarga baholandi.

Koronavirusning ikkinchi to‘lqini boshlanishidan invetsorlarning xavotiri soyasida xomashyo narxining pasayishi kuzatilmoqda. Shuningdek, narx pasayishi osiyolik mijozlar uchun Saudi Aramco nefti narxining tushishi va zaxiralarga bo‘lgan global talabning tiklanishi haqidagi umumiy xavotir bilan ham bog‘liq.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!