Koronavirus bo‘rsiq va quyonlardan tarqagan bo‘lishi mumkin

Koronavirus bo‘rsiq va quyonlardan tarqagan bo‘lishi mumkin

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ekspertlari odamlar Uxanda bo‘rsiq va quyonlardan koronavirus yuqtirgan bo‘lishi mumkinligi haqida taxmin qilishmoqda. Shuningdek, olimlar yana qaysi jonzotlardan yuqqan bo‘lishi mumkinligini o‘rganishyapti.

Ekspertlardan biri, zoolog Piter Daszakning aytishicha, Uxan bozorida bo‘rsiq va quyon go‘shti sotilgan. Jonivorlarda koronavirus aniqlanmagan, ammo ular tashuvchi bo‘lishi mumkin. Pandemiya kelib chiqishini o‘rganayotgan JSST guruhi a’zolari bozorga bu jonivorlarni yetkazib beruvchilar va jonivorlarni o‘rganish kerakligini aytishgan.

Ekspertlarning aytishicha, bozorga keltirilgan barcha jonivorlar qonuniy ravishda olib kelinganmi yoki noqonuniymi, tirik holatdami yoki go‘sht holatidami, hali aniqlanmagan. Xitoy milliy sog‘liqni saqlash komissiyasi va tashqi ishlar vazirligi bu borada izoh berishdan bosh tortdi.

Tarkibida Avstraliya, Daniya, Germaniya, Yaponiya, Niderlandiya, Qatar, Rossiya, Buyuk Britaniya, AQSh va Vyetnam vakillaridan iborat xalqaro guruh joriy yilning yanvar-fevral oylarida Xitoyda ishladi.
Avvalroq JSST eskspertlari kovidning ko‘rshapalaklar yoki laboratoriya sharoitida ishlab chiqarilgani haqidagi taxminlarni haqiqatdan uzoq deyishgandi.

Ammo JSST rahbari koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq barcha taxminlar ochiq qolayotgani , yanada tahlil qilish va o‘rganish kerakligini aytgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!