Kongressmen Dalles aeroportiga Tramp nomini berishni taklif qildi

AQSh Kongressidagi respublikachilar Dalles xalqaro aeroporti nomini Donald Tramp sharafiga o‘zgartirishga chaqirdi, deb yozadi FFX Now.
23 yanvar kuni Shimoliy Karolina vakili Eddison Makdauell HR 691 qonun loyihasini taqdim etdi. Unda Shimoliy Virjiniyadagi Dalles xalqaro aeroporti "Donald J. Tramp xalqaro aeroporti" deb nomlash ko‘zda tutilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Arlingtondagi Vashington milliy aeroportiga sobiq prezident Ronald Reygan nomini berish bilan bir qatorda bu harakat to‘g‘ri ish bo‘ladi.
“Prezident Trampga rahmat, biz Amerikaning oltin davriga kirdik. Mamlakat poytaxtiga xizmat ko‘rsatadigan ikkita aeroportga buyuk mamlakatimizga xizmat qiladigan eng yaxshi ikki prezident nomi berilishi kerak”, – deb yozadi Eddison Makdauell.
2024 yildagi ko‘plab bahs-munozaralardan so‘ng, qonun loyihasi joriy yilda tasdiqlanishi mumkin. Chunki Kongressning har ikki palatasini respublikachilar nazorat qiladi.
Ammo Dalles aeroporti joylashgan okrugning vakili bo‘lgan demokrat kongressmenlar, federal hukumat qisqartirsa, iqtisodiyotni beqarorlashtirishi mumkin bo‘lgan transport tarmog‘i va mintaqa iqtisodiyotining muhim tarkibiy qismi nomini berish istiqboliga qat’iyan qarshi.
“Respublikachilar ilk bor Dalles aeroportiga Donald Tramp nomini berishga harakat qilganlarida, men Mar-a-Lago yaqinidagi federal qamoqxonaga uning nomini berish yaxshiroq ekanini aytdim. Men hali ham birinchi sudlangan jinoyatchi prezidentimizga munosib hurmat ko‘rsatish haqida o‘ylay olmayman", – dedi kongressmen Jerri Konnolli.
1962 yilda ochilgan Dalles xalqaro aeroporti urush davrida AQSh tashqi siyosatini shakllantirishga yordam bergan prezident Duayt Eyzenxauerning Davlat kotibi Jon Foster Dalles nomi bilan atalgan. Uning rasmiy nomi 1982 yilda Vashington Dalles xalqaro aeroportiga o‘zgartirildi. Chunki sayohatchilar aeroport Texas shtatidagi Dallas shahrida deb adashishlari mumkin edi.