Komil Allamjonov: Tonirovka tekin bo‘lishi kerak!

Komil Allamjonov: Tonirovka tekin bo‘lishi kerak!

Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov O‘zbekistonda havo harorati juda ham keskin issiq bo‘lib ketgani haqida Telegram-kanalida post qoldirdi.

“So‘nggi paytlarda O‘zbekistonda yoz juda issiq, gohida haddan ziyod yoqimsiz issiq bo‘lyapti. Bulutli issiq kunlarda esa bosh og‘rig‘iga chidab bo‘lmaydi. Qurg‘oqchilik kuchayib, bundan bo‘yog‘iga yanada issiq bo‘lsa kerak. Shu paytda agar mashina tonirovkasi bepul qilinsa bundan hamma haydovchilar, yo‘lovchilar minnatdor bo‘lar edi. Bu ham aslida inson qadrining bir ko‘rinishi, odamlarga bo‘lgan g‘amxo‘rlik namunasiga aylanar edi deeeebbbbbb o‘ylaaaaabbb o‘tiruvdim tirband yo‘lda, orqamdan bir mashina signal chalib cho‘chitib yubordi” - deb yozgan Allamjonov o‘z Telegram kanalida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!