Kolumbiya prezidenti Ramallohda mamlakat elchixonasini ochishga buyruq berdi

Kolumbiya prezidenti Ramallohda mamlakat elchixonasini ochishga buyruq berdi

Kolumbiya prezidenti Gustavo Petro mamlakatning Ramallohdagi elchixonasini ochishga buyruq berdi.

Bu haqda tashqi ishlar vaziri Xilberto Murilyo ma’lum qildi.

Uning qayd etishicha, Kolumbiyaning Ramallohda diplomatik vakolatxonasini ochish jarayoni allaqachon boshlangan.

«Prezident Petro Ramallohda Kolumbiya elchixonasini, Ramallohda Kolumbiya vakolatxonasini ochishga buyruq berdi. Keyingi qadamimiz shu yo‘nalishda bo‘ladi», — dedi vazir.

Murilyo Isroil-Falastin mojarosini ikki xalq uchun ikki davlat yaratish asosida hal qilish bo‘yicha BMT va Oslo kelishuvlarini eslatib, Falastinni tobora ko‘proq davlatlar tan olishiga umid bildirdi.

«Bu qaror Isroil yoki yahudiylarga qarshi chiqmagan. Falastin to‘laqonli davlat sifatida tan olinishi kerak», - dedi u.

Shu bilan birga, tashqi ishlar vaziri Ramallohda Kolumbiya elchixonasi ochilishining aniq sanasini aytmadi.

Kolumbiyaning sobiq prezidenti Xuan Manuel Santos Falastin davlatini 2018 yilning 3 avgustida, muddati tugashiga 4 kun qolganida tan oldi.

Kolumbiya G‘azo sektorida davom etayotgan hujumlarni bahona qilib, 3 may kuni Isroil bilan diplomatik munosabatlarni uzganini rasman e’lon qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!