Kitob tumanida qiz tanish yigiti uni dala hovliga olib borib, zo‘rlaganini aytmoqda

Kitob tumanida qiz tanish yigiti uni dala hovliga olib borib, zo‘rlaganini aytmoqda

"Youtube" ijtimoiy tarmog‘ida "Qiz bolaga tajovuz qilgan bolaga nega chora ko‘rilmadi” sarlavhali videomurojaat e’lon qilindi. Holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati prokuraturasi munosabat bildirdi.

Aniqlanishicha, Kitob tumanida yashovchi S.G. tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, tanishi O.X uni ovqatlanishga taklif qilib, dala hovliga olib borib, nomusiga tekkanligini ma’lum qilib, unga nisbatan chora ko‘rishni so‘ragan.

Mazkur holat yuzasidan O.Xga nisbatan Jinoyat kodeksining 118-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, viloyat IIB Tergov boshqarmasi tomonidan dastlabki tergov o‘tkazilmoqda.

Tergov harakatlari ustidan prokuror nazorati o‘rnatilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!