Kislorod konsentratorlari va pulsoksimetrlar bepul berilishi rostmi? – mutaxassis izohi

Kislorod konsentratorlari va pulsoksimetrlar bepul berilishi rostmi? – mutaxassis izohi

Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Barno Abdusamatova AOKAda o‘tkazilgan brifingda aholidan kelib tushgan savollarga javob berdi.

— Jumladan, shu kunlarda SOVID-19 infeksiyasidan davolanib chiqqan va qo‘shimcha oksigenoterapiya muolajasiga muhtoj bemorlar uy sharoitida kislorod konsentratorlari bilan ta’minlanishi haqida turli xabarlar tarqaldi. Bu qanchalik rost, deya berilgan savol bo‘yicha ma’lumotlar taqdim etildi.
 
«To‘g‘ri, hozirgi kunda bemorlar kasalxonadan davolanib chiqib reabilitasiya jarayonlarini o‘tashlari zarur. Chunki ushbu infeksiya og‘ir turini o‘tkazgan bemorlarning organizmni tiklashiga vaqt kerak bo‘ladi. Shuning uchun koronavirus infeksiyasi asoratlari bilan davolanib chiqqan bemorlarni uy sharoitida sog‘lomlashtirish (reabilitasiya)ni yanada sifatli va maqsadli tashkil etish xamda nogironlikning oldini olish maqsadida SSVning buyrug‘i qabul qilindi. 

Kislorod konsentratorlari va pulsoksimetrlar SOVID-19 kasalligidan davolanib chiqqan bemorlarning kasallik tarixidan ko‘chirmalarga va sog‘lomlashtirish bo‘yicha tavsiyalarga muvofiq, kislorod konsentratori va pulsoksimetrga muhtojligi ko‘rsatilgan bemorlarga beriladi. 

Namunaviy shartnomada belgilangan dastlabki 7 kunlik muddatda tibbiy jihozdan foydalanayotgan bemor sog‘ligining umumiy holati davolovchi shifokor tomonidan o‘rganiladi va o‘rganish natijasida bemorning kislorod konsentratori va pulsoksimetrga zaruriy ehtiyoji mavjud emasligi aniqlansa, tibbiy jihoz belgilangan tartibda boshqa bemorlarga yo‘naltiriladi. 

Kislorod konsentratori va pulsoksimetrlarni samarali va maqsadli ishlatilishining kunlik nazorati va bu jarayonlarning monitoringi olib boriladi», - dedi Barno Abdusamatova.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!