Kiprdagi suv ombori qirg‘og‘ida alligatorga o‘xshash g‘ayrioddiy mavjudot paydo bo‘ldi

Kiprdagi suv ombori qirg‘og‘ida alligatorga o‘xshash g‘ayrioddiy mavjudot paydo bo‘ldi

Shimoliy Kiprdagi suv ombori qirg‘og‘ida alligatorga o‘xshash g‘ayrioddiy mavjudot topildi.

Bu haqda “Cyprus Mail”gi tayanib “ekolog.uz” xabar berdi.

Kipr tabiatni tadqiq qilish instituti ma’lumotlariga ko‘ra, topilgan mavjudot Missisipi cho‘rtanbalig‘i bo‘lib, og‘irligi 10 kilogramm, uzunligi esa 112 santimetrdir.

Missisipi cho‘rtanbalig‘i bu hududda ilk marta qayd etilmoqda. Mutaxassislar qo‘shimcha tarzda o‘rganish olib borish niyatida.

Institut suv muhandisi Dervish Kavuso‘g‘luning aytishicha, mavjudot bu o‘lchamga yetishi uchun kamida 10 yil talab qilingan.

Missisipi cho‘rtanbalig‘i mintaqadagi eng yirik baliqlardan biri hisoblanadi. Taxminlarga ko‘ra, u egasi tomonidan suvga qo‘yib yuborilgan bo‘lishi ham mumkin. Ular nafaqat boshqa baliqlar, balki suvda suzadigan qushlar bilan ham oziqlanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!