Kimlar uchun parasetamol qabul qilish zararli ekanligi aytildi

Kimlar uchun parasetamol qabul qilish zararli ekanligi aytildi

Xalqaro olimlar guruhi homiladorlik paytida parasetamol qabul qilish homila rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini aniqladi.

Tadqiqot natijalari haqida "Nature Reviews Endocrinology" tibbiy portalida maqola e’lon qilindi.

Olimlar epidemiologik tadqiqotlar, hayvonlar va hujayralar bo‘yicha o‘tkazilgan ilmiy tajribalar natijalarini tahlil qilishdi. Parasetamol ularning homilasining shakllanishiga to‘sqinlik qilishi, shuningdek, reproduktiv va urogenital tizimlar, nevrologik rivojlanishning buzilishiga olib kelishi mumkin degan xulosaga kelishdi.

Shu bois mutaxassislar homilador ayollarni parasetamolni qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashishni tavsiya qilishdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!