Kimlar "Temurbeklar maktabi"ga test sinovlarisiz tanlovdan tashqari o‘qishga qabul qilinadi?

Kimlar "Temurbeklar maktabi"ga test sinovlarisiz tanlovdan tashqari o‘qishga qabul qilinadi?

“Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlarida yosh ko‘rsatkichiga ko‘ra g‘olib "Temurbeklar maktabi"ga test sinovlarisiz tanlovdan tashqari o‘qishga qabul qilinadi

AOKAda Sport, Sog‘liqni saqlash, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirliklari, Milliy gvardiya rahbariyati ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida bu borada batafsil ma’lumot berildi:

Shuningdek, g‘olib va sovrindorlar (1, 2 va 3-o‘rin) safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmat to‘lovining
50 foizini chegirma bilan to‘laydi va muddatli harbiy xizmatga birinchilar qatorida ustunlik bilan yuboriladi;

⏺g‘oliblarga (1-o‘rin) umumiy foydalanishdagi davlat yo‘lovchi tashish shahar transportida bepul hamda hududlararo harakatlanishda 50 foiz chegirmali to‘lov bilan imtiyozli yurish imkoniyatini taqdim etadi (bundan taksi, shu jumladan yo‘nalishli taksi mustasno);

⏺g‘olib va sovrindorlarga (1, 2 va 3-o‘rin) ish joyi hisobidan dam olish maskanlari va sanatoriylarga bepul yo‘llanmalar taqdim etiladi;

⏺g‘olib va sovrindorlarga (1, 2 va 3-o‘rin) respublika miqyosida ishga yoki o‘qishga qabul qilinishida jismoniy tayyorgarlik talab etiladigan imtihon (oliy ta’lim muassasalari sport yo‘nalishlaridan tashqari), sinov, amaliy mashg‘ulotlarda ustunlik (imtihonda maksimal ball yoki amaliy mashg‘ulotlardan ozod qilinishi) beriladi.
〰️〰️〰️〰️〰️

✅ 1 mart kuni 208 ta tuman (shahar)da 1 tadan umumta’lim maktabida sport sinovlariini qabul qilishga start berish marosimi tashkil etiladi.

✅ Bunda, joriy yilning mart – aprel oylarida umumta’lim maktablarining 7-17 yoshgacha bo‘lgan shaxslaridan sport sinovlari qabul qilinadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!