Kiyevda 400 dan ortiq issiqlik punktlari ochildi

Kiyevda 400 dan ortiq issiqlik punktlari ochildi

Shahar meri Vitaliy Klichkoning so‘zlariga ko‘ra, punktlar har kuni ishlaydi. Ularning aksariyati maktablar va boshqa ijtimoiy muassasalarga joylashtirilgan.

Uyida bir kundan ortiq elektr energiyasi bo‘lmaganlar isitish punktiga kelishlari mumkin. U yerda kiyevliklar o‘z qurilmalarini quvvatlantirishi, issiq choy ichishi hamda hudud bo‘ylab qayerda do‘kon va dorixonalar ishlayotganini bilishi mumkin bo‘ladi.

Klichko, shuningdek, tez orada har bir issiqlik punktida internetga kirish paydo bo‘lishini qo‘shimcha qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!