Kechgi tabassum!.. (18-qism)

Kechgi tabassum!.. (18-qism)
— Og‘ayni, divandagi taxta bitlardan sira qutula olmayapman-da! Nima qilsam ekan-a?
— Sen divanni hovliga olib chiqib qo‘y!
— E, olib chiqib ham ko‘rdim.
— Nima bo‘ldi?

— Bitlar divanni qaytarib uyga olib kirib qo‘yishayapti.

 

***       


 
O‘rta yashar bir ayol butun umr turmadagi mahbuslardan xabar olish va ularga mehr ko‘rsatish bilan shug‘ullanardi. Kunlarning birida mahbuslardan biriga xat yozdi.
— Qadrli 322515! Kelasi payshanba sizdan xabar olishga boraman. Mana, tanishib ham oldik. Endi sizni qisqagina qilib 322- deb atasam ham bo‘lar-a?

 

***

Erkak sahroda ketib borardi. Bir bo‘sh shisha topib oldi. Ishqalagandi, ichidan jin chiqib dedi:
— Xizmatingga muntazirman!
— Men uyga yetib olishni istayman.
— Gap yo‘q.
— Men uyga juda tez yetib olishni istayman.

— Xo‘p, unda chopdik!

 

***

Erkak ketib borayotib qurbaqa topib oldi. Qo‘liga oldi-yu, shisha idishga solib qo‘ydi. Qurbaqa unga yalina boshladi:
— Meni ozod et! Ozod etsang, bir aylanib sohibjamol qiyofasiga kiraman.

— E, yo‘-o‘q, menga sohibjamoldan ko‘ra gapiradigan qurbaqalar ko‘proq yoqadi.

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!