Karin Jan-Pyer: AQSh NATO Shvesiya va Finlyandiyani qabul qilishini kutmoqda

Karin Jan-Pyer: AQSh NATO Shvesiya va Finlyandiyani qabul qilishini kutmoqda

Qo‘shma Shtatlar Turkiya bilan munosabatlardagi janjallarga qaramay, Shvesiya Shimoliy Atlantika alyansiga a’zo bo‘lishi mumkinligiga ishonishda davom etmoqda, dedi Oq uy matbuot kotibi Karine Jan-Pyer.

“Biz NATO Shvesiya va Finlyandiyani qabul qilishini kutishda davom etamiz”, — deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirgan RIA Novosti.

U, shuningdek, Finlyandiya va Shvesiya Turkiya bilan uch tomonlama kelishuvni amalga oshirish uchun qadamlar qo‘yganini bildirdi.

AQSh Davlat departamenti matbuot kotibi Ned Prays avvalroq Shvesiyadagi Turkiyaga qarshi provokasiya atayin va NATOning kengayishiga to‘sqinlik qilishga qaratilganiga ishonch bildirgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!