Uchquduq tuman ma’muriy sudida O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 54-moddasi (epidemiyalarga qarshi kurashish qoidalarini buzish), 165-moddasi (faoliyat bilan lisenziyasiz va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarsiz shug‘ullanish) hamda 195-moddasi (ichki ishlar organlari xodimlarining o‘z xizmat burchlarini bajarishlariga qarshilik ko‘rsatish) da nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar harakatlari bo‘yicha Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida yashovchi 26 nafar fukaroga nisbatan yuritilgan ma’muriy ish ko‘rib chiqildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi matbuot xizmati" xabar tarqatdi.
Aniqlanishicha, ushbu fuqarolar respublikamiz hududida karantin e’lon qilingan bo‘lishiga qaramasdan, 2020 yil 6 aprel kuni niqobsiz bo‘lib, karantin tufayli belgilangan majburiy qoidalarini buzishgan hamda tegishli tartibda ruxsati bo‘lmasdan, Uchquduq tumanidagi qo‘riqlanmaydigan konlardan tarkibida oltin zarrasi bo‘lgan toshlarni qazib chiqarishayotganligi aniqlangan. Shuningdek, ichki ishlar organlari xodimlarining talablariga bo‘ysunmasdan, qochib ketish haqida bir-biriga aytib, ichki ishlar organlari xodimlarining o‘z xizmat vazifalarini bajarish bo‘yicha qonuniy talablarini bajarmaslikka da’vat etishib, voqea joyidan yashirinishga harakat qilishgan.
Sud bu fuqarolarning aybi, ular bergan ko‘rsatmalaridan tashqari bildirgi, ish bo‘yicha olingan tushuntirish xatlari, ashyoviy dallilar hamda ish bo‘yicha to‘plangan boshqa hujjatlar bilan o‘z tasdig‘ini topgan deb hisobladi.
Uchquduq tuman ma’muriy sudining 2020 yil 7 apreldagi qarori bilan 26 nafar huquqbuzarlarga ma’muriy qamoq va jarima jazolari tayinlangan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.
Қайд этилишича, табиб халқ табобати соҳасида фаолият юритиш гувоҳномасининг амал қилиш муддати тугаганига қарамай, одамларга хизмат кўрсатишда давом этган.
Германия канцлери Фридрих Мерцнинг айтишича, АҚШ ва Европа Украина учун муҳокама қилаётган хавфсизлик кафолатлари айрим ҳолатларда тинчликпарвар кучлар Россия томонидан қилинган ҳужумларни қайтариши мумкинлигини назарда тутади.
Яқинда Қора денгизда амалга оширилган ҳужумлар Қора денгизда кемалар қатнови хавфсизлигига жиддий таҳдид солмоқда. Тижорат ва фуқаролик кемаларига қилинган ҳужумлар ҳеч кимга фойда келтирмайди. Бу масала бўйича ҳар икки томонга ўз огоҳлантиришларимизни аниқ етказдик.
Афғонистондан контрабанда қилиниб, Бухоро шаҳри ҳудудига яшириб кетилган соф вазни 4 кг 715 г бўлган «опий» моддасини хуфия жойдан олган икки шахс қўлга олинди.
Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.
Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.